O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish maqsadida «ASIA ALLIANCE BANK» ATB Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan 25 mln AQSH dollari miqdorida shartnoma imzoladi.  Bu O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes korxonalariga ularning ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash, binolar, inshootlar, xomashyo, asbob-uskunalar sotib olish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish uchun jozibador shartlarda mablag‘ ajratish imkonini beradi, bu esa, o‘z navbatida, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ta’kidlash joizki, «ASIA ALLIANCE BANK» Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 2013-yildan boshlab hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘z biznesini rivojlantirish uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga talabi bo‘lgan tadbirkorlar bank bo‘limlariga yoki 1270 aloqa markazi telefoniga murojaat qilishlari mumkin.