Asia Alliance Bank va O‘zbekiston iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish jamg‘armasi (EEFU) KO‘B vakillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 10 million AQSH dollari miqdoridagi moliyalashtirish liniyasini jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Hujjatni Asia Alliance Bank Boshqaruvi raisi Umid Abduazimov hamda EEFUning Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha direktori Armands Fomitsevs imzoladilar.

Asosiy faktlar:
Maqsad: Mablag‘lar tadbirkorlarning islomiy moliyalashtirish vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltiriladi.
EEFU haqida: Jamg‘arma ustav kapitali $100 mln bo‘lib, O‘zbekiston Hukumati, Islom taraqqiyot banki va Saudiya Arabistoni investorlari hamkorligida tashkil etilgan.
Natija: Biznes egalari xalqaro standartlarga mos keladigan zamonaviy va samarali moliyaviy yechimlarga ega bo‘ladilar, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi. 

Asia Alliance Bank xalqaro hamkorlikni mustahkamlash orqali O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishda davom etadi!