«ASIA ALLIANCE BANK» ATB Osiyo Taraqqiyot Banki (ADB) bilan Tasdiqlovchi bank to‘g‘risidagi shartnomani (Confirming Bank Agreement) rasmiy ravishda imzoladi.
Ushbu strategik kelishuv bankga ADB’ning Savdo va ta’minot zanjiri moliyalashtirish dasturi (TSCFP) doirasida tasdiqlovchi bank sifatida faoliyat yuritish imkonini beradi.
Tasdiqlovchi bank maqomini olish «ASIA ALLIANCE BANK»ning xalqaro savdo moliyalashtirish bitimlaridagi imkoniyatlarini kengaytiradi va eksport-import operatsiyalari bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar taqdim etish imkonini yaratadi.
Bu bankning xalqaro bozordagi ishonchli hamkor sifatidagi obro‘sini mustahkamlaydi hamda dunyo miqyosidagi yetakchi moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni chuqurlashtiradi.
Ushbu voqea bank rivojlanishida muhim qadam bo‘lib, uning innovatsiyalarga intilishi va korporativ mijozlar uchun xizmatlar doirasini kengaytirishga bo‘lgan sa’y-harakatlarini tasdiqlaydi.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 450