Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  6 Dekabr 2018, 16:34

3 Dec 2018

"ASIA ALLIANCE BANK" ATB "Do’stlik" mini banki Sizga keng qo'lamdagi xizmatlarini taklif etadi. Mini bank Toshkent shahrining markazida, Olmazor ko'chasi 6/7, "Xalqlar do’stligi" konsert zali ro’parasida joylashgan. Mini banknining qulay joylashuvi shu atrofda istiqomat qiladigan aholi uchun bank xizmatlaridan qulay va to'liq hajmda foydalanish imkonini yaratib beradi. Bundan tashqari, mini bank yonida kechayu-kunduz ishlaydigan so’m va xorijiy valyuta bankomatlari o’rnatilgan. Bu esa kunning istalgan vaqtida naqd pul olish imkonini beradi. Mini bankning kutish joylaridagi shinamlik va qulaylik barcha mijozlarning kayfiyatini ko’taradi. Yuqori malakali xodimlar esa mijozlarga sifatli bank xizmatlarini taqdim etadi.

Tadbirkorlarning hisobvaraqlari optimal tariflar asosida xizmat ko’rsatilishi kafolatlanadi. "Do'stlik" mini banki jismoniy shaxslar uchun dunyoning barcha davlatlariga tezkor pul o'tkazmalarini amalga oshirish, milliy va xorijiy valyutada plastik kartalarni ochish va o'z mablag'larini bank depozitlariga joylashtirish imkonini yaratadi. Mini bankda xorijiy valyutani ayirboshlash, kommunal va boshqa to'lovlarni amalga oshirish imkoni ham mavjud.

Yangi maishiy texnika buyumlarini, mebellarni xarid qilish, davolanish, sayohat qilish, to‘y va boshqa marosimlarni o’tkazish yoki uy-joyni ta'mirlash uchun ma'lum xarajatlarni rejalashtirgan har bir kishiga iste'mol kreditlari, shuningdek, naqd pul va naqdsiz pul shaklida mikrokreditlar (20 270 000 so'm miqdorigacha) taklif etiladi. Qolaversa, "Do'stlik" mini bankida Siz avtomashina harid qilish uchun maqbul shartlar asosida avtokredit ham rasmiylashtirishingiz mumkin.

"Do'stlik" mini bankining ahil jamoasi mijozlarning har bir tashrifi yoqimli an’anaga aylanishi uchun barcha shart-sharoitlarni muhayyo etadi.

Avtor: ko'rsatilmagan / Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi / Ko'rishlar: 473

Boshqa yangiliklar:

16 Oktyabr 2020
29 Sentyabr 2020

Valyuta kurslari

20.10.2020 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 10371.76
1 EUR = 12153.63
1 RUB = 133.19
1 GBP = 13393.05
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech