Kartadan kartaga o’tkazmalar limitiga yetdingizmi? Alliance Pay mobil ilovasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob raqamiga o‘tkazing!

Kartadan kartaga (P2P) o‘tkazmalar ko‘pincha qat’iy kunlik yoki oylik limitlar bilan cheklangan. Agar siz ushbu cheklovlarga duch kelgan bo‘lsangiz, eng maqbul yechim - pulni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qiluvchining bank hisob raqamiga (A2A) yuborishdir.

Hisob raqami orqali o‘tkazmalarning afzalliklari: 
• P2P cheklovlaridan xoli: Hisob raqamidan o‘tkazmalar plastik kartalar uchun belgilangan limitlarga bog‘liq emas. 
• Xavfsizlik va nazorat: Mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qiluvchining 20 xonali hisob raqamiga kelib tushadi, raqamli kvitansiya esa ilova tarixida saqlanadi.  

Alliance Pay ilovasida o‘tkazmani bajarish: 
️1. Ilovani oching va «O‘tkazmalar» bo‘limiga o‘ting. 
2. "Hisob raqamiga o‘tkazish" bandini tanlang. 
3. Qabul qiluvchining 20 xonali hisob raqamini kiriting va amaliyotni tasdiqlang. 

Asia Alliance Bank bilan o‘tkazmalarni cheklovlarsiz va samarali boshqaring!