2023 yil 24 noyabr kuni bo'lib o'tgan seminarda Buxoro filiali xodimlari ishtirok etdi.
Seminar 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Komplayens-nazorat boshqarmasi tomonidan tashkil etildi. Unda korrupsiyaning oldini olish, bank xodimlari o‘rtasida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, barcha xodimlar ichki mehnat tartibi qoidalariga, Bank korporativ etika kodeksi va Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati talablariga qat’iy rioya qilishlari lozimligi ta’kidlab o’tildi.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 1428