O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayrami arafasida ushbu muhim bayram  bilan bir qatorda biz bugun yana bir muhim sana - ASIA ALLIANCE BANKning 16 yilligini nishonlamoqdamiz. 

Bank tashkil etilgan kundan boshlab mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, tezkorlik, qarorlar qabul qilishda puxta yondashuv va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratib, ko‘plab yutuqlarga erishdi. 

Ayniqsa, yillar davomida biz bilan hamkorlik qilib, yuqori darajadagi ishonch bildirgan barcha mijozlarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz! 

Hurmatli hamkasblar va bankimizning qadrli mijozlari!
Sizga mustahkam sog‘liq, farovonlik, maqsadlaringiz sari kuch-g‘ayrat va yangi yutuqlarga boy bo‘lgan hayotni tilaymiz! 

Ishonchimiz komilki, sizning g‘oyalaringiz va tashabbuslaringiz mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida munosib hissa qoʼshadi.