2017 yil 4 fevral kuni O’zbekiston Banklari Uyushmasida 2016 yil yakunlari bo’yicha respublika tijorat banklari orasida aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha tanlov g’oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tanlov natijalariga ko’ra «ASIA ALLIANCE BANK» ATB Shoyxontoxur filiali “Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish boyicha yilning eng yahshi filiali” nominatsiyasi bo’yicha 3-o’rinni egalladi.

Tanlovda 27 ta tijorat banki va ularning 855 filial, 4299 minibank va maxsus kassalari ishtirok etdi.

Tanlov g’oliblarini e’lon qilish va taqdirlash marosimida Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar Qo’mitasi, Markaziy Bank, Banklar Uyushmasi va Aholi omonatlarini kafolatlash Fondi hamda tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdi.