Muddat: gacha: 16:00 15.04.2024 y.
“ASIA ALLIANCE BANK” aksiyadorlik tijorat banki tanlov komissiyasining 2024 yil 9 apreldagi 17-sonli qaroriga asosan, metal kartochkalarni chop etish uchun embosser yetkazib berish bo'yicha e’lon qilingan tanlov konkurs hujjatlariga qo’shimchalar kiritilishi munosabati bilan bekor qilinsin.
Tanlov o’tkazish bo’yicha e’lon
1. "ASIA ALLIANCE BANK" aktsiyadorlik tijorat banki metal kartochkalarni chop etish uchun embosser yetkazib berish bo'yicha tanlov e'lon qiladi.
2. Tanlov tashkilotchisi - "ASIA ALLIANCE BANK" ATB - yuridik manzili: 100047, Toshkent shahri, Mahtumkuli ko’chasi, 2a uy.
Savollar bo’yicha: Chakana biznes boshqarmasi boshlig’i Saydullayev Xusnitdin
Telefon: (99871) 231-60-00; (99899) 831-03-02
3. Tanlov ishtirokchilariga qo'yiladigan talablar:
- Tanlov hujjatlarining talablariga javob beradigan har qanday yetkazib beruvchi tanlov qatnashchisiga aylanishi mumkin.
4. Tanlovning maksimal narxi – 1 000 000 000 (Bir milliard) sum QQS bilan.
Narxlar QQS bilan yoki QQSsiz ko’rsatilishi kerak.
5. Tanlov shartlari va tartibi to'g'risida batafsil ma'lumot ushbu e’lonning ajralmas qismi bo'lgan Tanlov hujjatlarida keltirilgan.
6. Tanlov takliflari bilan konvertlar O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100047, Yashnobod tumani, Mahtumkuli ko’chasi, 2A uyga 15 aprel 2024 yil soat 16:00 (mahalliy vaqt) dan kech bo'lmagan vaqt ichida keltirib berilishi zarur.
Konvertda Buyurtmachining nomi, manzili va telefon raqamlari, hamda quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak:
· Konkurs nomi (predmeti);
· Konkurs qatnashuvchisining nomi, kontakt ma’lumotlari va INN raqami;
· “Tanlov o’tkazilishi belgilangan vaqtgacha ochilmasin” belgisi.
Yuqorida ko’rsatilgan tartib asosida muhrlanmagan va rasmiylashtirilmagan konvertlar qabul qilinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.