Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  26 Aprel 2021, 17:08

Chop etish sanasi: 26.04.2021 y.
Muddat: gacha: 18:00   10.05.2021 y.
Ko'rishlar: 372

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun mustaqil tashkilotlarni tanlash boʻyicha tanlov

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasining 2015 yil 31 dekabrdagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksining 36-bandi asosida korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun mustaqil baholovchi tashkilotlar orasida tanlov e’lon qiladi.

Baholash davri: 2020 yil yakunlari.

Korporativ boshqaruv kodeksida belgilangan tashkilotlar tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov boʻyicha takliflar info@aab.uz elektron manzili boʻyicha 2021-yil 10-may Toshkent vaqti soat 18:00ga qadar taqdim etilishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

- rekvizitlar, baholash muddati, xizmat narxi va korporativ boshqaruv tizimini baholash bo`yicha tajribasi (korporativ boshqaruv tizimini baholashlari soni, shu jumladan tijorat banklarda, qimmatli qogʻozlar bozoridagi staji) koʻrsatilgan taklifi (ushbu fayl parol bilan himoyalangan boʻlishi kerak, va u bankka takliflarni taqdim etish muddati tugagandan soʻng taqdim etiladi, agar parol oʻz vaqtida taqdim etilmagan boʻlsa, ishtirokchi tanlovda qatnashishiga yoʻl qoʻyilmaydi);

- litsenziya nusxasi (fond birjasi, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari, audit tashkilotlari va boshqalar uchun);

- Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tomonidan berilgan malaka sertifikati va/yoki Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli organi tomonidan berilgan malaka attestatiga ega xodimlar soni haqida ma’lumot va ushbu hujjatlar nusxalari;

Tanlov tashkilotlarning xizmat narxi, baholash muddati, xodimlar malakasi va ushbu yoʻnalish bo`yicha tajribasi asosida amalga oshiriladi.

Qoʻshimcha ma’lumotlar quyidagi telefon orqali olinishi mumkin: +99871 231-60-00 (1043).



Valyuta kurslari

29.11.2021 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 10777.04
1 EUR = 12140.34
1 RUB = 142.21
1 GBP = 14350.71
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech