Muddat: gacha: 16:00 15.04.2024 y.
«ASIA ALLIANCE BANK» ATB tanlov komissiyasining 2024 yil 24 maydagi 20-sonli qaroriga asosan, “Falcongaze SecureTower” dasturiy ta’minoti uchun litsenziya yetkazib berish bo'yicha «NOVENTIQ» IP MChJ g’olib deb e’lon qilinadi.
Tanlov o’tkazish bo’yicha e’lon
1. "ASIA ALLIANCE BANK" aktsiyadorlik tijorat banki “Falcongaze SecureTower” dasturiy ta’minoti uchun litsenziya yetkazib berish bo'yicha tanlov e'lon qiladi.
2. Tanlov tashkilotchisi - "ASIA ALLIANCE BANK" ATB - yuridik manzili: 100047, Toshkent shahri, Mahtumkuli ko’chasi, 2A uy.
Savollar bo’yicha: Axborot xavfsizligi boshqarmasi boshlig’i v,v,b, Dolotkazin Anvar Fail’yevich
Telefon: (99871) 231-60-00
3. Tanlov ishtirokchilariga qo'yiladigan talablar:
- Tanlov hujjatlarining talablariga javob beradigan har qanday yetkazib beruvchi tanlov qatnashchisiga aylanishi mumkin.
4. Tanlovning maksimal narxi – 1 244 208 000 (Bir milliard ikki yuz qirq to’rt million ikki yuz sakkiz ming) sum QQS bilan.
Narxlar QQS bilan yoki QQSsiz ko’rsatilishi kerak.
5. Tanlov shartlari va tartibi to'g'risida batafsil ma'lumot ushbu e’lonning ajralmas qismi bo'lgan Tanlov hujjatlarida keltirilgan.
6. Tanlov takliflari bilan konvertlar O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100047, Yashnobod tumani, Mahtumkuli ko’chasi, 2A uyga "15" aprel 2024 yil soat 16:00 (mahalliy vaqt) dan kech bo'lmagan vaqt ichida keltirib berilishi zarur.
Konvertda Buyurtmachining nomi, manzili va telefon raqamlari, hamda quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak:
· Konkurs nomi (predmeti);
· Konkurs qatnashuvchisining nomi, kontakt ma’lumotlari va INN raqami;
· “Tanlov o’tkazilishi belgilangan vaqtgacha ochilmasin” belgisi.
Yuqorida ko’rsatilgan tartib asosida muhrlanmagan va rasmiylashtirilmagan konvertlar qabul qilinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.