Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 148
  • Yangilash: 12 Fevral 2020, 15:44

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB BOSHQARUVI RAISINING BIRINCHI O‘RINBOSARI VA O‘RINBOSARI LAVOZIMLARIGA TANLOV

Chop etish sanasi: 12.02.2020 y.
Muddat: gacha: 13:00   21.02.2020 y.
Anketa
Hajmi: 158.00 КБ
Format: doc

Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2a-uy manzili bo‘yicha joylashgan «ASIA ALLIANCE BANK» ATB O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.01.2019 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 4112-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.04.2019 yildagi “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 356-sonli Qaroriga muvofiq, «ASIA ALLIANCE BANK» ATB Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari lavozimlariga tanlov e’lon qiladi.

Nomzodlar sifatida Bankning malakali xodimlari, shuningdek bank-moliya sohasida rahbarlik tajribasiga ega bo‘lgan boshqa shaxslar, shu jumladan zarur malaka va ish tajribasiga ega bo‘lgan xorijiy menejerlar chiqishlari mumkin.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- moliyaviy-iqtisodiy oliy ma’lumot;

- bank sohasida 10 yildan kam bo‘lmagan ish staji;

- Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga bank sohasida rahbarlik (Boshqaruv Raisi o‘rinbosari, Bo‘linma boshlig‘i) lavozimlarida 3 yildan kam bo‘lmagan ish staji;

- Boshqaruv Raisi o‘rinbosari lavozimiga bank sohasida rahbarlik (Boshqaruv Raisi o‘rinbosari, Bo‘linma boshlig‘i yoki boshliq o‘rinbosari) lavozimlarida 3 yildan kam bo‘lmagan ish staji;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida yoritilgan asosiy masalalarni bilish;

- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va bank faoliyati sohasidagi Qonunlarni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalari qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni bilish, shu jumladan:

-fuqarolik, xo‘jalik va mehnat qonunchiligi hujjatlarini;

-Bank hisobotlarini tuzish tartibini;

-Hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish tartibini;

-moliyaviy hisobotlarni, buxgalteriya hisobi bo‘yicha milliy va xalqaro standartlarni, bankning ichki kredit siyosatini va kreditlash tartibini;

-kichik biznesni kreditlash tartibini;

-omonatlarni qabul qilish va ularni berish tartibini;

-bankning korporativ boshqaruvi tartibini;

-ichki audit vazifalari va tartibini;

-emission-kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini;

-xorijiy valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini;

-pul muomalasini tashkil qilishni;

-Bazel Qo‘mitasi bank faoliyatining asosiy tamoyillarini;

-Respublikada bank tizimida olib borilayotgan kadrlar siyosatining mohiyati va ahamiyatini bilishi shart.

Tillarni bilishi:

- O‘zbekiston fuqarolari uchun: o‘zbek va rus tillarini mukammal bilish, ingliz tilini bilish – ma’qullanadi (Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga nomzodiga ingliz tilini mukammal bilish talab etiladi);

- xorijiy fuqarolar uchun: rus va ingliz tillarida erkin muloqot qila olish, o‘zbek va/yoki boshqa xorijiy tillarni bilish - ma’qullanadi.

Quyidagi shaxslarga tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi:

-O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan O‘zbekiston Respublikasida tan olingan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan tegishli rahbarlik lavozimlariga nomzodlar uchun talab qilinadigan oliy ma’lumotga ega bo‘lmaganlarga;

-tegishli rahbarlik lavozimiga saylash/tayinlash uchun talab etiladigan etarli ish stajiga ega bo‘lmaganlarga;

-ushbu shaxsning aybi bilan yo‘l qo‘yilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun ko‘rsatilgan tashkilotlarning muvofiq faoliyat turini amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi to‘xtatilgan paytda yakka ijroiya organi vazifalarini bajargan, kollegial ijroiya organi tarkibiga kirgan yoki ta’sischilari hisoblanganlar, agar to‘xtatish paytidan boshlab uch yildan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa;

-iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlari yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun sudlanganligi tugallanmagan bo‘lsa;

-sud hukmi bilan aybdorning sud tomonidan tayinlangan muddat davomida korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashidan iborat bo‘lgan muayyan huquqdan mahrum qilinganlar;

-Bank Kengashi a’zosi bilan qarindoshlikda yoki quda-andachilikda bo‘lganlar;

-muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan;

-Boshqaruvlar va kuzatuv kengashlarining sobiq rahbarlari, a’zolari, shuningdek bankrot yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan banklar, mikrokredit tashkilotlari va yuridik shaxslarning yirik ishtirokchilari (ustav kapitalida 10 va undan ko‘p miqdorda ovoz beruvchi aktsiyalar yoki ulushlarga ega bo‘lgan shaxslar) – basharti yuridik shaxsning bankrotligi yoki moliyaviy ahvolining yomonlashishi ularning harakatlari oqibatida yuzaga kelganligi faktlari ma’lum bo‘lsa;

-offshor zonalar fuqarolari va/yoki rezidentlari;

-bankda rahbarlik lavozimlarini egallagan yoki moddiy javobgar hisoblangan yaqin qarindoshlari bilan ishlaydigan shaxslar va bunda biri boshqasining bevosita bo‘ysinuvida bo‘lsa yoki uning nazorati ostida bo‘lgan shaxslar;

-tanlovda ishtirok etish uchun yolg‘on ma’lumotlar taqdim etgan shaxslar.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzod quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi shart:

1.Tanlovda ishtirok etish uchun ariza;

2. Anketa;

3. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish uchun nomzodning rozilik arizasi;

4. Pasport nusxasi (yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati);

5. Oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;

6. Mehnat daftarchasi va/yoki ish staji va malakasini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarining nusxalari, qo‘shimcha ma’lumotga, ilmiy darajaga, ilmiy unvonga ega bo‘lganda – tegishli tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;

7. 3,5x4,5 o‘lchamdagi 4 dona fotosurat;

8. Sudlanmaganligi (sudlanganligi) to‘g‘risida ma’lumotnoma;

9. Nomzodning Reglamentda ko‘rsatilgan mezonlarga mos kelishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (mavjud bo‘lsa) .

Sizning e’tiboringizni yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ariza va anketa Bank saytini http://aab.uz/ru/press_center/tenders/ havolasida ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart ekanligiga qaratamiz.

Nomzodlarning hujjatlari shaxsan Bankka quyidagi manzil bo‘yicha taqdim qilinadi:

O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2a-uy Bankka taqdim qilingan ma’lumotlarning haqqoniyligi, dolzarbligi va haqiqatga mosligi uchun nomzod javobgar sanaladi.

Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning taqdim qilingan hujjatlari qaytarilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.04.2019 yildagi №356-sonli qaroriga binoan «ASIA ALLIANCE BANK» ATB Boshqaruvi Raisi o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning tegishli o‘rinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Hujjatlarni qabul qilish muddatlari: hujjatlar 12.02.2020 yildan 21.02.2020 yilgacha ish kunlari soat 10:00dan 13:00gacha (mahalliy vaqt bo‘yicha) qabul qilinadi.

Hujjatlar quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2a-uy

Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun (71) 231-60-00 telefoni bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin.

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB Rahbarlik lavozimlariga tanlovni tashkil qilish va uni o‘tkazish reglamenti Bank saytida http://aab.uz/ru/shareholders/corporate-management/documents/ havola bo‘yicha joylashtirildi.



Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X