Muddat: gacha: 16:00 18.12.2026 y.
Tanlov o‘tkazish to‘g‘risida e’lon
1. “Asia Alliance Bank” aksiyadorlik-tijorat banki “tayyor holda” zaxira ma’lumotlarni qayta ishlash markazini (zaxira MQIM) loyihalashtirish, barpo etish va foydalanishga topshirish bo‘yicha pudrat tashkilotini tanlash uchun tanlov e’lon qiladi. (Xarid qilish hujjatlari ilova qilinadi).
2. Tanlov tashkilotchisi – “Asia Alliance Bank” ATB - yuridik manzili: Toshkent sh., 100047, Maxtumquli ko‘chasi, 2A-uy.
Bog‘lanish uchun shaxs: Xaridlar va shartnomalar bo‘limi boshlig‘i – Musav T.Ya.
Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2a-uy.
Telefon: (+998 71) 231-60-00 (ichki: 1268).
e-mail: Timur.Musayev@aab.uz
3. Tanlov ishtirokchisiga qo‘yiladigan talablar – Xarid qilish hujjatlari talablariga javob beradigan har qanday yetkazib beruvchi tanlov ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
4. Xizmatlar qiymati QQSni hisobga olgan holda yoki QQSni hisobga olmagan holda ko‘rsatilishi lozim.
5. Tanlovni o‘tkazish shartlari va tartibi haqidagi batafsil ma’lumot mazkur e’lonning ajralmas ilovasi hisoblangan Xarid qilish hujjatlarida keltirilgan.
6. Takliflar solingan konvertlar quyidagi manzilga: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100047, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2A-uy manzili bo‘yicha 2026-yil 18-dekabr kuni soat 16-00 dan kechiktirmay (Toshkent vaqti bilan) yetkazib berilishi shart.
Konvertlarda Buyurtmachining nomi va manzili, aloqa telefonlari, shuningdek, quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
· tanlovning nomi (predmeti);
· tanlov Ishtirokchisining nomi, aloqa ma’lumotlari, ishtirokchining STIRi (INN);
· belgi – “Takliflarni ochish belgilangan vaqtidan oldin ochilmasin”. Yuqoridagi talablarga muvofiq muhrlanmagan va tegishli belgilar qo‘yilmagan konvertlar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.
7. Buyurtmachi tanlov Ishtirokchilari uchun qurilish maydonchalariga tashrif buyurish va obyekt bilan tanishish tadbirlarini 2026-yil 25- va 26-noyabr kunlari tashkil etishni rejalashtirayotganiga e’tiboringizni qaratamiz. Barcha tanlov ishtirokchilari, agar qiziqish bildirilsa, qurilish maydonchalariga tashrif buyurishga tayyorliklari haqida 2026-yil 24-noyabr kuni soat 12-00 dan kechiktirmay (Toshkent vaqti bilan) xabar qilishlari shart.