Muddat: gacha: 17:00 10.10.2023 y.
“ASIA ALLIANCE BANK” aksiyadorlik tijorat banki tanlov komissiyasining 2023 yil 9 noyabrdagi 17-sonli qaroriga asosan, masofaviy bank tizimi va protsessing serverlarini virtualizatsiya qilish uchun apparat-dasturiy kompleks va Lenovo ma’lumotlar saqlash tizimini yetkazib berish bo'yicha e’lon qilingan tanlov bank tomonidan qo’yilgan texnik talablarga javob bermaganligi sababli amalga oshmagan deb xisoblansin.
Tanlov o‘tkazish bo‘yicha e’lon
1. «ASIA ALLIANCE BANK» aksiyadorlik tijorat banki «ASIA ALLIANCE BANK» ATB uchun masofaviy bank tizimi va protsessing serverlarini virtualizatsiya qilish uchun apparat-dasturiy kompleks va Lenovo ma’lumotlar saqlash tizimini yetkazib berish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi (tanlov hujjatlari ilova qilinadi).
2. Tanlov tashkilotchisi – "ASIA ALLIANCE BANK" ATB – yuridik manzili: 100047, Toshkent shahri, Maxtumquli ko‘chasi, 2A-uy.
Savollar bo‘yicha:
Sergey Bushuev – axborot texnologiyalari boshqarmasi axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, rivojlantirish va tadbiq etish bo‘limi yetakchi mutaxassisi
Telefon: (99871) 231-60-00 (ichki 1033),
3. Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
- tanlov hujjatlarining talablariga javob beradigan har qanday yetkazib beruvchi tanlov qatnashchisiga aylanishi mumkin.
4. Tanlovning maksimal narxi – 13 481 000 000 (O‘n uch milliard to’rt yuz sakson bir mmillion) so‘m QQS bilan.
Narxlar QQS bilan yoki QQSsiz deb ko‘rsatilishi kerak.
5. Tanlov shartlari va tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot ushbu e’lonning ajralmas qismi bo‘lgan tanlov hujjatlarida keltirilgan.
6. Tanlov takliflari bilan konvertlar O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100047, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2A-uyga 2023-yil 10 oktyabr soat 17:00 (mahalliy vaqt) dan kech bo‘lmagan vaqt ichida keltirib berilishi zarur.