Hurmatli mijozlar - xalqaro Visa karta egalari!
Internetda operatsiyalarni amalga oshirish endi yanada xavfsiz ekanligini e'lon qilishdan mamnunmiz!
"Asia Alliance Bank" ATB 3D-Secure texnologiyasini - qo'shimcha autentifikatsiya qilish orqali Internet tarmog'ida (Verified by VISA veb-saytlari orqali) tovarlar va xizmatlar uchun haq to'lashda zamonaviy standartni joriy etdi (avtorizatsiya jarayonida standart karta ma'lumotlarini va qo'shimcha parolni ishlatish). Bank xalqaro Visa karta egalariga 3D-Secure texnologiyasidan foydalangan holda Internetda tovarlar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
3D-Secure texnologiyasi nima?
3D-Secure texnologiyasi - qo'shimcha autentifikatsiya orqali internetda tovarlar va xizmatlar uchun to'lovni amalga oshirish uchun zamonaviy xavfsizlik standarti bo'lib, unga xalqaro to'lov tizimi tomonidan maxsus Verified by VISA dasturi ishlab chiqilgan.
3D-Secure xizmatini faollashtirish uchun VISA plastik karta ochilgan bank filialiga ariza bilan murojaat qilishingiz kerak. Shu bilan birga, SMS-xabarnoma xizmatini ham yoqishingiz kerak bo’ladi.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 1832