Xalqaro iqtisodiy forum doirasida boʻlib oʻtgan pul bozori va kapital bozorini rivojlantirishga bagʻishlangan sessiyada Moliya vazirligi, Markaziy bank va O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan to’qqizta bank (ular orasida “ASIA ALLIANCE BANK” ATB ham mavjud) oʻrtasida xalqaro standartlarga asoslangan  “Birlamchi dilerlik bitimi” imzolandi.

Shuningdek, ushbu sessiyada Moliya bozori bo‘yicha birinchi Muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishda ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish jarayonida O‘zbekistonning muvaffaqiyati ham muhokama qilindi.