20.12.2021й. «ASIA ALLIANCE BANK» Instagram sahifasida MasterCard xalqaro to'lov tizimi bilan birgalikda "Orzu sari!" aksiyasi final g’o’liblarini aniqlash marosimi bo’lib o’tdi. Bugun barcha zarur shartlarni bajargan 1619 kishi yutuqli o’yinda ishtirok etishdi.

Bugun quyidagi sovrinlar o’ynaldi va quyidagi omadli ishtirokchilarga nasib etdi:

- bankimizning Amaliyot boshqarmasi mijozi, MIRJALOL YOLDOSHOV (7078 raqamli karta) 1 000 000 so'mlik sertifikat egasi bo’ldi;

- bankimizning Farg'ona filiali mijozi NAFISA XASANOVA (1014 raqamli karta) 1 000 000 so'mlik sertifikat yutib oldi.

- bankimizning Buxoro filiali mijozi MURADOV ELYOR (6543 raqamli karta) 1 000 000 so'mlik sertifikat yutib oldi;

- bankimizning Amaliyot boshqarmasi mijozi MAKSUDKHODJAEV UMID (7591 raqamli karta) KIA Seltos Luxe  narxi bo'yicha naqd pul yutib oldi.

Biz final sovg'alar g'oliblarini chin dildan tabriklaymiz!