Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  29 Noyabr 2017, 17:30

O’zbekiston yoshlar ittifoqida banklar ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi
23 Oct 2017
Mavzu: O’zbekiston yoshlar ittifoqida banklar ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi.
            O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining majlislar zalida joriy yilning 20 oktyabr kuni Markaziy bank hamda barcha tijorat banklari Etakchilari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi PF-5106-sonli farmoni va 2017 yil 18 iyuldagi “O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3138-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan davra suhbati bo’lib o’tdi.
            Mazkur uchrashuvda bank tizimida mehnat qilib kelayotgan yosh xodimlarni Ittifoq faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularni banklarda tashkil etilgan boshlang’ich tashkilotlarga a’zo bo’lishi masalalari muhokama etildi.
            Bundan tashqari, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan banklar o’rtasida o’zaro tizimli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida bir necha bitimlar loyihasi ko’rib chiqildi.

Avtor: ko'rsatilmagan / Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi / Ko'rishlar: 1371

Boshqa yangiliklar:

16 Oktyabr 2020
29 Sentyabr 2020

Valyuta kurslari

20.10.2020 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 10371.76
1 EUR = 12153.63
1 RUB = 133.19
1 GBP = 13393.05
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech