«ASIA ALLIANCE BANK» ATB «MyAlliance» mobil ilovasida - milliy valyutadagi kartadan pul mablag'larini O'zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlariga o'tkazish xizmatini taklif etadi. Buning uchun siz qabul qiluvchining nomini, STIRini, bank kodini, oluvchining hisob raqamini, pul o'tkazish summasini va to'lov maqsadini kiritishingiz kerak. Ushbu xizmat bepul taqdim etiladi.