Hurmatli mijozlar!

Sizga shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 29-iyul sanasidan boshlab “Asia Alliance Bank” ATB hamda “Москоммерцбанк” TB (SWIFT/BIC: IVDCRUMMXXX) o‘rtasidagi vakillik munosabatlari to‘xtatildi.

Shu munosabat bilan “Москоммерцбанк” TB (SWIFT/BIC: IVDCRUMMXXX) orqali amalga oshirilishi nazarda tutilgan xalqaro to‘lov hujjatlari “Asia Alliance Bank” ATB tomonidan ijroga qabul qilinmaydi. 

Xalqaro to‘lovlarni rasmiylashtirishda mazkur holatni inobatga olishingizni hamda zarurat tug‘ilganda hamkorlaringiz (kontragentlaringiz) bilan boshqa (muqobil) bank rekvizitlaridan foydalanishni oldindan kelishib olishingizni so‘raymiz.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “Asia Alliance Bank” ATBning Valyuta amaliyotlari bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin. 

Hamkorligingiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. 

“Asia Alliance Bank” ATB