Moody's Investors Service 22.09.2023 y. agentligi bankning xalqaro kredit reytingini yana bir bor tasdiqladi.

Moody's Investors Service xalqaro reyting agentligi Asia Alliance Bankning uzoq muddatli kredit reytingini “barqaror” prognozi bilan B2 darajada tasdiqladi.

Asia Alliance Bank reytinglarining tasdiqlanishi bankning kuchli to'lov qobiliyati va yuqori likvidlilik zaxiralarini aks ettiradi, shuningdek, uning mijozlar soni jadal o'sishi va kredit portfeli ko'rsatkichlari inobatga olingan. Xususan, bank 2022 yil yakunlariga ko‘ra aktivlar sifatini sezilarli darajada yaxshilashga, shuningdek, sezilarli foyda olishga erishdi. Barqaror strategiyasiga amal qilgan holda, Bank ishonchli kapitallashuv darajasini saqlab kelmoqda, bu esa o‘z biznesini muvaffaqiyatli rivojlantirish va bozorda adolatli raqobatlashish imkonini beradi.