Moody’s xalqaro reyting agentligi Asia Alliance Bank’ning uzoq muddatli reytingini “B1” Barqaror darajasida qayta tasdiqladi.

2026-yilda ham ushbu yuqori mavqening saqlab qolinishi - bank moliyaviy tizimining mustahkamligi va to‘g‘ri strategiyadan dalolatdir.

Xalqaro ekspertlar bank aktivlari sifatini, mikrokreditlash va ipoteka yo‘nalishidagi barqaror o‘sishni hamda risklarni boshqarish tizimi samaradorligini alohida e'tirof etishdi.