Endilikda, konversion kartalarni ochishda sugʻurta depoziti atigi 10 AQSh dollarini tashkil qiladi! Bundan tashqari, asosiy konversion kartaga qoʻshimcha ravishda VISA Exchange va UnionPay Exchange kartalarini ochish mumkin. VISA Gold asosiy konversion kartasiga qoʻshimcha ravishda VISA Gold, VISA Exchange yoki UnionPay Exchange konversion kartalari chiqarilishi mumkin. Qoʻshimcha kartalar miqdori ham cheklanmagan! VISA Gold konversion kartasining tariflari VISA Gold kartasi tariflariga aynan oʻxshash. Qoʻshimcha karta ochganda sugʻurta depoziti ushbu kartaga kiritilmaydi. Asosiy kartadagi sugʻurta depoziti mijoz tomonidan ochilgan barcha qoʻshimcha kartalarga taalluqli boʻladi.

Shuningdek konversion kartalarni naqdsiz yoʻl bilan bepul toʻldirish mumkin!

Eslatib oʻtamiz, 1 avgustgacha “ASIA ALLIANCE BANK” tizimida ochilgan konversion kartalardan naqd chet el valyutasini yechish bepul!