Asia Alliance Bank tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun Avstriya Taraqqiyot Bankidan (OeEB) 15 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasini muvaffaqiyatli jalb qildi.
Bizning bankimiz ushbu yirik Yevropa taraqqiyot instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan O‘zbekiston tijorat banklari orasida birinchisi bo‘ldi. Bitim EMGA xalqaro kompaniyasi ko‘magida muvaffaqiyatli tuzildi.
Jalb qilingan mablag‘lar nimalarga yo‘naltiriladi?
Barcha resurslar mamlakatimizdagi mikro, kichik va o‘rta biznesni (KOB) qo‘llab-quvvatlashga, jumladan quyidagilarga sarflanadi:
• Yashil (ekologik) loyihalarni moliyalashtirish;
• Ayollar tadbirkorligi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
• Biznesni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun uzoq muddatli resurslar ajratish.
Ushbu hamkorlik Asia Alliance Bankning yuqori moliyaviy barqarorligi, shaffofligi va xalqaro nufuzini tasdiqlaydi.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «Asia Alliance Bank» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 6