Hurmatli O'zbekiston fuqarolari va mehmonlar. Anomal sovuq ob-havoning boshlanishi munosabati bilan, fuqarolarning bank kartalaridan pul yechib olish paytida bankomatlarning ishlamay qolishi to'g'risida shikoyat qilish holatlari tez-tez uchrab turibdi.

Sizdan iltimos, bankomatlar va infokiosklar joylashgan 24/7 shoxobchalarda eshiklarni yopishni unutmang! Har qanday holatda ham shoxobchalarda eshiklarning yopilishiga to'sqinlik qiladigan narsalarni joylashtirishga yo'l qo'ymang.

Eshiklar ochiq bo'lsa, konditsionerlar xonadagi havo haroratini ushlab turolmaydi, bu esa bankomatlarning uzluksiz ishlashiga to’sqinlik qiladi.