«ASIA ALLIANCE BANK» ATB Boshqaruvining qaroriga binoan, Bankning Buxoro filialida operatsion xarajatlarni maqbullashtirish maqsadida, 2023 yil 01 iyundan boshlab Buxoro viloyati, Romitan tumani, Shaxriston ko‘chasi manzilida joylashgan Buxoro filiali qoshidagi “Romitan” bank xizmatlari markazi o’z faoliyatini to’xtatishini ma’lum qilamiz.

Faoliyati to’xtatilayotgan bank xizmatlari markazi mijozlariga «ASIA ALLIANCE BANK» ATB Buxoro filiali tomonidan xizmat ko`rsatish davom ettiriladi. Batafsil ma`lumot uchun:(+99871) 231-60-00.