Bank mijozlariga qulaylik yaratish va bank tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarni mijozlarga sifatli etkazib berish maqsadida, Toshkent shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 17-uy “Toshkent Univermagi” binosida joylashgan bankning Mirobod filialiga qarashli “Taraqqiyot” bank xizmatlari markazi hududini kengaytirish maqsadida, ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, “Taraqqiyot” bank xizmatlari markazi faoliyati 2022 yil 26 yanvardan boshlab 20 kunga vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qilamiz. Ushbu vaqt davomida bank xizmatlari markazi mijozlariga Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 29-uy, “MBC” biznes markazining birinchi qavati (sobiq “O‘zbekiston” maishiy xizmat ko‘rsatish uyi)da joylashgan bankning Mirobod filialida xizmat ko‘rsatiladi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.