2021 yil 21 yanvardan boshlab "ASIA ALLIANCE BANK" ning UnionPay kobeydj kartasi Alliance Club sodiqlik dasturiga ulanadi. Endi har hafta Hamkorlarimiz tomonidan bizning bankda ochilgan kobeydj kartasiga Cashback qaytariladi.

Shu munosabat bilan Bank tariflarining 15."Jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi plastik kartochkalari bilan operatsiyalar" bo'limida yangi 15.20 bandi joriy qilinadi, u quyidagicha bayon etiladi:

15.20. UnionPay kobeydj kartalari uchun Cashback*** - tranzaksiya miqdorining 1 dan 10% gacha (Hamkorga**** qarab)

*** Mijozning kartasiga haftasda bir marta mablag ' ajratish shaklida qaytarib beriladi

**** Hamkorlar ro'yxati bilan bu erda tanishish mumkin: https://aab.uz/uz/private/plastic-cards/list/national/alliance-club33/