Sizga shuni ma'lum qilamizki, pul o'tkazmalari bo'yicha hamkor banklar bilan o'zaro hisob-kitoblarni o'z vaqtida amalga oshirish uchun, 2020 yil hisob-kitob davri yopilishi munosabati bilan, 2020 yil 29 dekabr pul o'tkazmalari tizimlari uchun so'nggi ish kuni hisoblanadi.

2020 yil 29 dekabrda pul o'tkazmalari tizimlari quyidagi tartibda ishlaydi:

1) Western Union va Money Gram - faqat o'tkazmalar to'lanadi, jo'natmalar amalga oshirilmaydi;

2) "Zolotaya Korona", "Contact", "Unistream" va "Asia Express" mablag'larni to'lash va yuborishni odatdagi tartibda amalga oshiradilar.

Bankimiz 2021 yil 4 yanvardan boshlab barcha pul o'tkazmalari tizimlari bo’yicha odatdagidek o'z ishlarini davom ettiradi.
Siz "Zolotaya Korona" tizimi orqali kelgan pul mablag’laringizni bankimizning “MyAlliance” mobil ilovasidan foydalangan holda 24/7 rejimida UZLUKSIZ ravishda qabul qilish imkoniyatiga egasiz !