Ijtimoiy tarmoqlarda Alliance Bankdan kartaga o‘tkaziladigan onlayn kredit taqdim etilishi bo‘yicha yolg‘on takliflar bildirilgan soxta xabarlar ko‘payib bormoqda, ularni yanglishib "ASIA ALLIANCE BANK" xizmatlari sifatida qabul qilish mumkin!
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda bank nomi, belgilari (logotiplar) va an’anaviy korporativ ranglardan foydalangan holda "@asia_alliance_foto", "@chilanzarbranch", "@asia_alliance_bank", "@aabuz", "@asia_alliance_banki", "@masofaviyTolovBot", https://alliance.uz-fpay.shop kabi soxta kanal va botlar aniqlangan.
Diqqat: ushbu kanallar, guruhlar va botlar firibgarlik va o‘zini rasmiy sahifalar sifatida ko‘rsatishga urinish maqsadida yaratilgan.
Sizdan hushyor bo‘lishingizni, shubhali havolalarga o‘tmasligingizni va rasmiy manbalardan, xususan, saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali bankimizga tegishli barcha xabarlarni takroran tekshirib ko‘rishingizni so‘raymiz:
Telegram: https://t.me/asiaalliancebank
Facebook: https://www.facebook.com/AsiaAllianceBank
Instagram: https://www.instagram.com/asia_alliance_bank/
Youtube - https://youtube.com/channel/UCqv8K9lKq0NIF2ZLdPLJsqw
LinkedIn - https://www.linkedin.com/company/asiaalliancebank
O‘tishdan oldin har doim URL havolasiga e’tibor qarating.
Firibgarlarga ishonmang! Ogoh bo‘ling!
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 1957