So’nggi paytlarda firibgarlik holatlari ko’payib borayotganligi munosabati bilan Sizdan plastik kartalar, internet va mobil bank xizmatlaridan foydalanishda asosiy xavfsizlik qoidalarini yodda tutishingizni va ularga rioya qilishingizni so’raymiz.
• PIN-kodingizni begona shaxslar oldida oshkor qilmang;
• tasdiqlash SMS kodini hech kimga bermang;
• pul mablag’laringizni shubhali shaxslarga o’tkazmang;
• ijtimoiy tarmoqlarda kartalaringizning raqami va amal qilish muddati ko’rsatilgan suratlarini joylashtirmang;
• faqat tasdiqlangan onlayn do’konlardan foydalaning va agar brauzerda himoyalangan ulanish belgisi (yashil qulf) bo’lmasa, karta ma’lumotlarini kiritmang;
• valyuta kartalari uchun internetdagi hisob-kitoblar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 3D-Secure xizmatini yoqishni tavsiya etamiz;
• kartangiz yo’qolgan taqdirda, ruxsatsiz foydalanishning oldini olish maqsadida zudlik bilan bankka murojaat qilib, kartangizni bloklang yoki mobil ilova orqali mustaqil ravishda bloklang;
• kartani uchinchi shaxslarga bermang;
• buzib kirishga shubha tug’ilgan hollarda Bank yoki IIBga xabar berishingizni so’raymiz.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 885