Hurmatli mijozlar!
Humo karta egalari Asia Alliance Bank mijozlari uchun mo‘ljallangan Alliance Pay mobil ilovasi orqali QR-to‘lov funksiyasidan foydalanib, Alipay+ savdo tarmog‘i doirasida xorijda tovarlar va xizmatlar uchun O‘zbekistondagidek oson va qulay tarzda to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Mobil ilova orqali QR-kodni skanerlash kifoya - plastik karta va naqd pul kerak bo‘lmaydi.
To‘lovlar so‘mda yechiladi, konvertatsiya esa avtomatik tarzda amaldagi kurs bo‘yicha amalga oshiriladi.
To‘lovlar so‘mda yechiladi, konvertatsiya esa avtomatik tarzda amaldagi kurs bo‘yicha amalga oshiriladi.
Xizmat Yevropa va Osiyo mamlakatlarida faol bo‘lib, kundalik xarajatlarning asosiy toifalarini qamrab oladi:
• savdo va xaridlar
• kafe va restoranlar
• transport
• turizm va hordiq
• savdo va xaridlar
• kafe va restoranlar
• transport
• turizm va hordiq
Asia Alliance Bank mijozlari uchun moliyaviy xizmatlar dunyoning istalgan nuqtasida ham ishonchli, xavfsiz va qulay bo‘lib qolishi muhim.
Alliance Pay - bu foydalanuvchilarga 24/7 rejimida to‘liq bank xizmatlarini taklif etuvchi zamonaviy mobil ilovadir.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «Asia Alliance Bank» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 218
Shuningdek qarang: