"ASIA ALLIANCE BANK " xalqaro nufuzli Global Finance jurnali versiyasiga ko'ra "O'zbekistondagi kichik va o'rta biznes uchun Eng Yaxshi Bank 2024 " (The Best SME Bank in Uzbekistan 2024) deb topildi. Bu yil "ASIA ALLIANCE BANK” O'zbekistonda ushbu mukofotni qo’lga kiritgan yagona bank bo'ldi.
Bank ushbu natijaga kichik va o'rta biznesni moliyalashtirish va qo'llab-quvvatlash sohasidagi islohotlari tufayli erishdi. Shu bilan birga bank o’z mijozlar bazasini doimiy ravishda diversifikatsiya qilish va kredit portfelini oshirish orqali o'zini moliya bozoridagi muvaffaqiyatli ishtirokchi sifatida ko'rsata oldi.
G'oliblarni tanlash Global Finance muharrirlari tomonidan butun dunyo bo'ylab korporativ moliya rahbarlari, bankirlar va tahlilchilar bilan maslahatlashib, bankning yil davomidagi faoliyatini tahlil qilgan holda o'tkazilgan. Bundan tashqari, natijalarning aniqligi va ishonchliligini oshirish maqsadida Global Finance korporativ o'quvchilari o'rtasida ham so'rov o'tkazilgan.
ASIA ALLIANCE BANK tez rivojlanayotgan, innovatsion va mijozlar manfaati yo’lida ishlaydigan bank sifatida o'z mavqeini mustahkamlashga intilib, eng zamonaviy standartlarga javob beradigan xizmatlarni taqdim etishga katta e'tibor qaratmoqda. Bu yo’lda bank qo’shimcha ish o'rinlari sonini ko'paytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun kredit mablag'larini ajratmoqda va shu bilan davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga o’z hissasini qo'shmoqda. Hozirgi vaqtda bankda Jahon Bankidan jalb qilingan chorvachilik, meva-sabzavotchilik va sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan kredit liniyalari mavjud.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 755