Bank amaliyotlari shaffofligini taʼminlash maqsadida 2022 yil 13 sentyabrdan ASIA ALLIANCE BANK» ATB filiallarida norezident jismoniy shaxslarga hisobraqamlar quyidagi qo‘shimcha talablardan biri bajarilganida ochilishi mumkin:
• filialga murojaat kunidan oldin, 15 (o‘n besh) kalendar kundan ziyod uzluksiz O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lganda;
• O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida malaka oshirayotgani yoki talaba maqomini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lganda;
• O‘zbekiston Respublikasida rasmiy ishga joylashganda.
Hisobraqam ochish uchun norezident jismoniy shaxslardan ariza olinganida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va vaqtinchalik yashash joyidan maʼlumotnoma (QR kod bilan) talab qilinadi.
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 2979