Yangi yil arafasida "ASIA ALLIANCE BANK" ATB xodimlari bank boshqaruvi boshchiligida "Bolalar - bizning kelajagimiz" deb nomlangan xayriya aksiyasini muvaffaqiyatli o'tkazdilar. Xayriya tadbiri 105-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilariga yordam berishga qaratilgan. Hozirda ushbu maktabda 286 nafar bola tahsil olmoqda.

Ushbu aksiya ixtiyoriy ravishda amalga oshirildi va bankning barcha xodimlari ishtirok etdi. Sovg'a to'plamiga bolalar uchun barcha kerakli narsalar, stol o'yinlari, kanselyariya mollari, kiyim-kechak, gigiena vositalari va boshqalar kirdi. Internatning barcha o'quvchilariga sovg'alar tantanali ravishda topshirildi. Xayriya tadbirining yakunida bolalar rang-barang qog'ozlardan tayyorlangan buyumlarni bank vakillariga minnatdorlik belgisi sifatida taqdim etdilar.