Plastik kartalardan pul mablag‘larini noqonuniy ravishda yechib olish holatlari ko‘payib borayotgani munosabati bilan sizni ogohlantirgan holda, xavfsizlik choralarini eslatib o‘tmoqchimiz:
- begonalar oldida kartangiz РIN-kodi va SMS-kodlarni oshkor qilmang;
- shubhali shaxslarga pul mablag‘larini o‘tkazmang;
- ijtimoiy tarmoqlarga kartangizning raqami va amal qilish muddati aks etgan fotosuratlarni joylashtirmang;
- faqat ishonchli onlayn-do‘konlardan foydalaning va brauzerda xavfsiz ulanish belgisi (yashil qulf) bo‘lmasa, karta ma’lumotlarini kiritmang;
- valyuta kartalarida internet orqali to‘lovlar xavfsizligini ta’minlash uchun 3D-Secure xizmatini faollashtirishni tavsiya qilamiz;
- karta yo‘qolgan taqdirda, ruxsatsiz foydalanishning oldini olish maqsadida kartangizni blokirovka qilish uchun darhol bankka murojaat qiling yoki uni mobil ilova orqali o‘zingiz bloklang;
- kartangizni uchinchi shaxslarga bermang;
- kartaga buzib kirilganiga shubha paydo bo‘lsa, Bank yoki IIBBga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Ogoh bo‘ling!
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 1410