Asia Alliance Bank va Xalqaro Islom Savdo-Moliya Korporatsiyasi (ITFC) oʻrtasida umumiy qiymati 10 million AQSh dollari boʻlgan Savdoni moliyalashtirish boʻyicha shartnoma imzolandi.


2024-yilning 12-fevral kuni Jidda shahrida, Xalqaro Islom Savdo-Moliya Korporatsiyasi (ITFC) bosh ofisida Asia Alliance Bank va ITFC o‘rtasida shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ajratilgan 10 million AQSH dollari Asia Alliance Bankning tomonidan kichik va oʻrta biznes mijozlarini savdoni moliyalashtirish bo’yicha loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga sarflanadi. Savdoni moliyalashtirishning mazkur yo‘nalishi bankning Islomiy moliyalashtirish takliflarini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

Ushbu Bitimning tuzilishi, shariat talablariga muvofiq moliyalashtirish taqdim etish orqali Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznesning barqaror rivojlanishi va farovonligini ta’minlash hamda uni ragʻbatlantirishga qaratilgan.

Asia Alliance Bankning ITFC bilan hamkorligi 2018-yilda 9 million AQSH dollari miqdorida islomiy moliya tamoyillariga asoslangan mamlakatning birinchi savdo moliyalash liniyasini jalb qilish orqali yoʻlga qoʻyilgan.

Shuningdek, Jiddaga tashrif doirasida Bank va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom Korporatsiyasi (ICD) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda tomonlar joriy yilda o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Xalqaro Islom Savdo-Moliya Korporatsiyasi (ITFC) Islom Taraqqiyot Banki (IsDB) guruhining aʼzosi hisoblanadi. U Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida savdoni rivojlantirishning asosiy maqsadi bilan tashkil etilgan boʻlib, bu pirovardida butun dunyo boʻylab odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashning asosiy maqsadiga hissa qoʻshadi. 2008 yil yanvar oyida o'z faoliyatini boshlagan ITFC IHTga a'zo mamlakatlarga 75 milliard AQSh dollari miqdorida mablag' ajratdi va bu uni ushbu a'zo mamlakatlar ehtiyojlari uchun savdo yechimlari bo'yicha yetakchi yetkazib beruvchiga aylantirdi. IHTga aʼzo mamlakatlar va undan tashqarida savdoni rivojlantirish katalizatori boʻlish missiyasi bilan korporatsiya aʼzo mamlakatlardagi subʼyektlarga savdoni moliyalashtirishdan unumliroq foydalanishga yordam beradi va ularga savdo bilan bogʻliq salohiyatni oshirish uchun zarur vositalar bilan taʼminlaydi, bu esa ularga muvaffaqiyatli faoliyat yuritish va jahon bozorida raqobatlasha olish imkonini beradi.