2022-yil 9-dekabrda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kunida “ASIA ALLIANCE BANK” bosh ofisida bank xodimlari ishtirokida “Poraxo‘rlik va korrupsiyaga qarshi kurash” nomli amaliy trening bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu treningda Komplayens-nazorat boshqarmasi xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik, poraxo‘rlik va korrupsiyaning xatarlari va oqibatlari haqida so‘z yuritdilar.

Trening interaktiv tarzda o‘tkazildi, Bank xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashishga oid dolzarb savollar berishdi va ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.