Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  28 Avgust 2018, 15:46

28 Aug 2018

Bugungi kunda O’zbekistonda mamlakat ishlab chiqarish-texnologik bazasini tubdan yangilash va resursni tejashga yo’naltirilgan innovasion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. So’nggi yillar ichida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining energiya samaradorlik va energiya tejamkorlikni oshirish maqsadlarida energetika tarmog’ini isloh qilish va zamonaviylashtirishga qaratilgan bir qator qarorlari qabul qilindi. Qisqa muddatli istiqbolda Respublikamiz energetika tarmog’i islohotini davom ettirish, joriy etilgan yangi texnologiyalar, uskunalar, shuningdek elektr energiyasini uzatish va taqsimlashning optimal sxemalari negizida energetika korxonalarini yanada rivojlantirish va zamonaviylashtirish mazkur tarmoq ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim ustuvor yo’nalishlari hisoblanadi.

Davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlariga amal qilgan holda, shuningdek energiya samaradorlikni va energiya sarflanishini baholash maqsadlarida “ASIA ALLIANCE BANK” ATBda Bank binolarining energetik tekshiruvi (energoaudit) o’tkazildi. Tekshiruv ushbu sohada ko’p yillik muvaffaqiyatli tajribaga ega “SKB” MCHJ tomonidan o’tkazildi.

O’tkazilgan energoaudit natijalari asosida energiya sarflanishi bo’yicha ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish amalga oshirildi. Bundan tashqari, yonilg’i-energetik balans tuzildi, bug’ qozonlari va yoritish tizimining ish samaradorligi bo’yicha asbob-uskunalar yordamida tekshiruv o’tkazildi. Energiya sarflanishi monitoringini o’tkazish va nazorat qilish uchun energiya iste’moli bo’yicha normativ (asosiy) yo’nalish ishlab chiqildi, Bankning energetik samaradorlik darajasi belgilandi, energetik pasport, shuningdek energiya samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar ro’yxati ishlab chiqildi.

Energoauditni o’tkazish jarayonida Respublikamiz qonunchilik bazasi va ilg’or tajriba talablari hisobga olingan holda Bank binolarining energiya iste’molini modellashtirish uchun ishlab chiqilgan dasturdan samarali foydalanish qayd etilganligi diqqatga sazovordir.

Qayd etish kerakki, jahon amaliyotida energetik samaradorlik to’g’risidagi sertifikatlarda binolarni belgilash uchun “A” dan “G” gacha qiyosiy tasnif qabul qilingan. Bunda, aksariyat holatlarda, tayanch daraja sifatida “D” samaradorlik darajasi belgilanib, bu “me’yoriy” bahoga to’g’ri keladi va normativ talablarga asosiy muvofiqlikni tasdiqlaydi. “A” (bir qator mamlakatlar uchun A+, A++), “B” va “C” darajalari energetik samaradorlikning yuqoriroq reytingini ko’rsatadi. “E”, “F” va “G” darajalari binolarning zamonaviy talablarga nomuvofiqlik darajasini ko’rsatish maqsadida belgilanadi.

Yuqorida qayd etilganlar hisobga olingan holda, energoaudit natijalari bo’yicha “ASIA ALLIANCE BANK” ATB binolariga “B” yuqori energetik samaradorlik darajasi berildi. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB binolari energiya iste’molining joriy darajasi Yevropa mamlakatlari energiya iste’moli darajalariga nisbatan yuqori bo’lib, bu energiya samaradorlikni oshirish va taalluqli chora-tadbirlarni bajarish bo’yicha imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi.

Shu munosabat bilan “ASIA ALLIANCE BANK” ATB o’z binolarining energiya samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini, shu jumladan energiya resursi iste’molini nazorat qilish tizimini joriy qilish, tejash va xarajatlarni qoplash muddatlari hisob-kitoblarini o’tkazish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, tashkiliy chora-tadbirlar rejalashtirilgan bo’lib, ular, o’z navbatida, xizmatlar rahbarlarining davlat energiya tejamkorlik siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha muhim ma’lumotlar bilan axborot ta’minotiga qaratiladi. Shuningdek, ushbu maqsadlar uchun xodimlar yuqori qatnov joylaridagi axborot stendlarida ko’rgazmali tashviqot vositalari joylashtiriladi hamda konferensiyalar va davra suhbatlarini o’tkazish orqali bank hamjamiyatining ushbu jarayonga keng jalb qilinishi amalga oshiriladi.

Avtor: ko'rsatilmagan / Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi / Ko'rishlar: 781

Boshqa yangiliklar:

16 Oktyabr 2020
29 Sentyabr 2020

Valyuta kurslari

20.10.2020 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 10371.76
1 EUR = 12153.63
1 RUB = 133.19
1 GBP = 13393.05
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech