2022 yil 25 noyabr kuni bo'lib o'tgan seminarda «ASIA ALLIANCE BANK» ATB Buxoro filial xodimlari ishtirok etdi.

Seminar 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Komplaens-nazorat boshqarmasi tomonidan tashkil etildi. Unda korrupsiyaning oldini olish, bank xodimlari o‘rtasida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, barcha xodimlar ichki mehnat tartibi qoidalariga, Bank korporativ etika kodeksi va Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati talablariga qat’iy rioya qilishlari lozimligi ta’kidlab o’tildi.