Korporativ boshqaruv amaldagi tizimi va qo’llanilayotgan amaliyotlarining Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Qimmatli qog`ozlar markaziy depozitariysi tomonidan “ASIA ALLIANCE BANK” ATB korporativ boshqaruv amaliyotining baholanishi o’tkazildi.
Baholash O`zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo`mitasi va Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tomonidan 2016-yil 25-iyulda tasdiqlangan korporativ boshqaruv tizimini baholash savolnomasiga muvofiq DK “Qimmatli qog`ozlar markaziy depozitariysi” tomonidan ishlab chiqilgan korporativ boshqaruv tizimini baholash metodikasi bo`yicha amalga oshirildi.
Baholash natijalari bo’yicha Bank korporativ boshqaruv tizimi YUQORI bahoga (941 ball) muvofiqdir. Ushbu natija o`tgan yilga nisbatan 41,5 foizga oshdi.
O’tkazilgan baholash yakunlari bo’yicha Bank korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar berildi.
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB korporativ boshqaruv tizimini baholash bo`yicha xulosa
- Avtor: ko'rsatilmagan
- Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi
- Ko'rishlar: 1410