“ASIA ALLIANCE BANK” ATB tomonidan Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridagi jami 47 ta umumta’lim maktablarining o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida, 2021-2022 o‘quv yili davomida har oyda kamida bir marta dars o‘tish rejalashtirilgan. Joriy yil sentabr oyida bank xodimlari tomonidan ushbu maktablarda ochiq dars va treninglar o‘tkazilib, o‘quvchilarning bank sohasiga oid bilimlarini oshirishga harakat qilindi. Ushbu o‘quv darslarida jami 1305 nafar o‘quvchi qatnashdi. Darslar savol-javob, qiziqarli o‘yinlar shaklida o‘tkazilib, o‘quvchilarga bank sohasi bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi. Darslar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Kelgusida ham ushbu darslar davom ettiriladi.