Basketbol jamoasi chempion bo’ldi
12.03.2018
2018-yilning 10-martida “ASIA ALLIANCE BANK” yoshlar jamoasi basketbol sport turi bo’yicha o’tkazilgan banklararo musobaqada 1chi o’rinni egalladi. Ushbu musobaqa Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining sport majmuasida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoshlar ittifoqi, “Agrobank” yoshlar ittifoqi hamda O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkillashtirildi. Mazkur tadbirda O’zbekistondagi 12 bankning oltmishdan ziyod sportchilari qatnashishdi.