Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Ohangaron, mahalla "BAXT"
29.08.2016
Ohangaronda “ASIA ALLIANCE BANK” Aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy ko’magi bilan qurilgan ommaviy sport maydoni ochilishi bo’lib o’tdi. Ochilish tadbirida nafaqat yon-atrofdagi uylarda istiqomat qiluvchilar, balki qo’shni tumanlarda yashovchilar ham qatnashdilar. Mazkur maydoncha shahar hokimiyati tomonidan bankka murojaat qilingandan so’ng turar-joy mavzesi ichidagi qarovsiz bo’sh joyda deyarli to’rt oy mobaynida qurib bitkazildi. Bu hozirda xayriya ishlarini faollashtirayotgan O’zbekiston tijorat banklari ijtimoiy mas’ulligining yorqin misollaridan biri, desak mubolag’a bo’lmaydi. Shuningdek, bu banklarda muayyan ijtimoiy majburiyatlar borligini, bundan tashqari ijtimoiy faoliyat borasida ham bank menejmenti shakllanayotganligini anglatadi. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB – o’z faoliyatining boshidanoq bank muassasasi funksiyalarini xayriya faoliyati bilan muvaffaqiyatli muvofiqlashtirib kelayotgan mamlakat moliya institutlaridan biri hisoblanadi. Xususan, Ohangaronda sport maydonchasi ochilishi – bank tomonidan yoshlarni sport-sog’lomlashtirish tadbirlariga jalb qilish va qo’llab-quvvatlash ishlari davom ettirilayotganligining yana bir dalolati.

Valyuta kurslari

27.10.2020 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 10359.88
1 EUR = 12285.78
1 RUB = 136.11
1 GBP = 13509.28
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech