АТБ «ASIA ALLIANCE BANK»
Sizning yangi imkoniyatlaringiz
Bank o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan, 2009 yilning 15 avgustida bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan, 79-sonli Litsenziyasi asosida amalga oshiradi.
В2
Ijobiy
Xalqaro reyting
“Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “ASIA ALLIANCE BANK”ning suveren kredit reytingini “B2” darajasida tasdiqladi va prognozni “Ijobiy”ga yaxshiladi.
uzA+
Barqaror
Milliy reyting
2022-yilning fevralida «Ahbor-Reyting» reyting agentligi tomonidan «Barqaror» istiqboliga ega bo’lgan «uzA+» milliy shkala bo’yicha bankning individual kredit reytingi tasdiqlandi.
2024 yilda
- «ASIA ALLIANCE BANK» “Euromoney Awards for Excellence 2024” mukofoti doirasida “O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes uchun eng yaxshi bank” nominasiyasida g‘olib bo‘ldi.
- «ASIA ALLIANCE BANK» dunyoning eng yirik brend nashri bo‘lgan Global Brands Magazine tomonidan mukofotlandi. Bank “2024 yilning O‘zbekistondagi eng innovasion bank xizmatlari brendi” nominasiyasida g‘olib deb topildi.
- Bank vakillarining Germaniyaga tashrifi doirasida Commerzbank AG va Oddo BHF kompaniyalari rahbariyati bilan shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazildi va Asosiy savdo krediti bitimi (Master Trade Loan Agreement) imzolandi. Ushbu Bitimlar Bankka savdoni moliyalashtirish dasturi doirasida mijozlarning loyihalarini Osiyo taraqqiyot banki kafolati ostida Germaniya banklari resurslari ishtirokida moliyalashtirish imkonini beradi.
- Ushbu muhim hodisa Ar-Riyodda boʻlib oʻtgan Islom taraqqiyot banki guruhining 50 yillik yubiley yigʻilishida boʻlib oʻtdi va bu banklarimiz oʻrtasidagi uzoq yillik ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaydi. Memorandum bankka moliyalashtirishning yangi yo‘nalishini jalb qilish va islomiy moliya bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish imkonini beradi.
- 2024 yil 20 fevral kuni Londonda bankka "O'zbekistonda 2024 yil kichik va o'rta korxonalar (KO’K) uchun eng yaxshi bank"mukofoti topshirildi.
- 2024-yilning 12-fevral kuni Jidda shahrida, Xalqaro Islom Savdo-Moliya Korporatsiyasi (ITFC) bosh ofisida ASIA ALLIANCE BANK va ITFC o‘rtasida shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
- 2023-yil oxirida Symbiotics Investments kompaniyasi va “ASIA ALLIANCE BANK” ATB o’rtasida O‘zbekiston Respublikasidagi kichik va o‘rta biznes hamda mikrofirmalar loyihalarini milliy valyutada moliyalashtirish uchun kredit shartnomasi imzolandi. Mazkur mablag’lar 2024–yil boshida Symbiotics Investments tomonidan MSME Bonds S.A. kompaniyasining Lyuksemburgda ro‘yxatdan o‘tgan maxsus platformasida obligatsiyalar chiqarish orqali taqdim etildi.
2023 yilda
- «MDHdagi eng innovatsion bank» mukofotini oldi.
- «2022 yilning eng yaxshi bitimi» mukofotini oldi.
2022 yilda
- 2022 yil 18 oktabrda "ASIA ALLIANCE BANK" xalqaro nufuzli moliyaviy Global Finance jurnalining talqiniga koʻra "Kichik va o'rta biznes uchun O'zbekistondagi eng yaxshi bank" nomiga sazovor boʻldi. G’oliblar butun dunyo boʻyicha korporativ moliyaviy rahbarlar, bankirlar va tahlilchilar bilan maslahatlashishlardan soʻng Global Finance muharrirlari tomonidan saralab olingan. Bundan tashqari, natijalarning aniqliligi va haqqoniyligini oshirish maqsadida Global Finance korporativ oʻquvchilarining soʻrovi ham oʻtkazilgan.
- “ASIA ALLIANCE BANK” ATB ketma-ket ikkinchi yil ASIAMONEY xalqaro moliyaviy jurnali talqiniga ko‘ra “O‘zbekistonning kichik va o‘rta biznes uchun eng yaxshi banki” deb topildi.
2021 yilda
- Britaniyaning nufuzli The Banker nashriyoti 2021 yil 1 dekabr kuni “ASIA ALLIANCE BANK” ATBni “O‘zbekistondagi 2021 yilning Eng Yaxshi Banki” deya e’tirof etdi. Tanlov g‘oliblari moliyaviy ko‘rsatkichlar, ijtimoiy faollik, bank texnologiyalari hamda bank tomonidan joriy etilgan yangi mahsulot va xizmatlar asosida aniqlandi. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB ushbu nominatsiya bo’yicha The Banker jurnali tomonidan to'rtinchi marotaba taqdirlandi.
2020 yilda
- Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) tomonidan o‘tkazilgan Savdoni moliyalashtirish dasturi (TFP) ishtirokchilarini taqdirlash marosimida «ASIA ALLIANCE BANK» “Yilning eng yaxshi kichik va o‘rta biznes loyihasini moliyalashtirgan banki” deb e’tirof etildi.
- “ASIA ALLIANCE BANK” ATB O‘zbekistondagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining savdo amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning Savdoni moliyalashtirish dasturiga qo‘shildi.
- «ASIA ALLIANCE BANK» xalqaro moliyaviy jurnali Global Finance tomonidan Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi 2020 yilning eng yaxshi banklari ichida O`zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi.
2019 yilda
- «ASIA ALLIANCE BANK» ATB O'zbekistonning 2019-yildagi eng yaxshi banki deb e’tirof etildi
- Bank tomonidan Bank of New York Mellon (USA) bilan vakillik munosabatlari o‘rnatildi.
- Bank tomonidan Aktif Yatirim Bankasi.A.S. (Turkiya) bilan vakillik munosabatlari o‘rnatildi.
- “Yunusobod” mini-banki ochildi.
- «ASIA ALLIANCE BANK» MasterCard plastik kartalari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni boshlaydi.
- Farg'ona filiali ochildi.
- «HUMO» plastik kartalarining ishga tushirilishi.
- «2018 yilning eng yaxshi bitimi» mukofotini oldi.
- ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo`yicha muvofiqlik sertifikatini qo`lga kiritdi.
2018 yilda
- “Algoritm” mini-banki ochildi.
- “Do’stlik” mini-banki ochildi.
- "ASIA ALLIANCE BANK" MChJ Germaniyaning "AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft mbH" nemis bank konsortsiumi bilan birgalikda nafaqat milliy eksport agentligi (ECA) Euler GERMESni, balki boshqa Evropa EKAlarini ham qamrab olish uchun texnologik uskunalarni moliyalashtirish bo'yicha birinchi shaxsiy bitimni imzoladi.
- “Tansiqboyev” mini-banki ochildi.
- Bank tomonidan UniCredit S.p.A. (Italiya) bilan vakillik munosabatlari o‘rnatildi.
- “Innovatsiya” mini-banki ochildi.
- «ASIA ALLIANCE BANK» ATB va Islom taraqqiyot banki guruhiga kiruvchi Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (XISMK) «Murabax» tamoyili asosida 9 mln. AQSH dollari miqdorida savdoni moliyalashtirish toʻgʻrisida bitimni imzoladilar.
- «ASIA ALLIANCE BANK» ATB va Jahon banki (Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki) oʻrtasida «Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat Korxonalarining Energiya Samaradorligini Oshirish» loyihasini amalga oshirish boʻyicha kelishuv imzolandi.
- Thomson Reuters tomonidan «ASIA ALLIANCE BANK» «Eng innovatsion bank» deb e’tirof etildi.
- «ASIA ALLIANCE BANK» xalqaro moliyaviy jurnali Global Finance tomonidan Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi 2018 yilning eng yaxshi banklari ichida O`zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi.
- Chilonzor filiali ochildi.
2017 yilda
- Jahonning nufuzli «The Banker» jurnali tomonidan Londonda o'tkazilgan yilning eng yaxshi banklarini taqdirlash marosimida «ASIA ALLIANCE BANK» O'zbekistonning 2017 yildagi eng yaxshi banki deb e’tirof etildi.
- Bank tomonidan «TransKapitalBank» AJ (Moskva, Rossiya) bilan vakillik munosabatlari o‘rnatildi.
- «ASIA ALLIANCE BANK» xalqaro moliyaviy jurnali Global Finance tomonidan Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi 2017 yilning eng yaxshi banklari ichida O`zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi.
2016 yilda
- “Moody’s Investors Service” xalqaro reyting agentligi «ASIA ALLIANCE BANK» ATB ning milliy va xorijiy valyutadagi uzoq muddatli reytinglarini B3 dan B2 ga ko’tardi. Barcha reytinglar barqaror prognozga ega.
- Samarqand filiali ochildi.
- Jahonning nufuzli «The Banker» jurnali tomonidan Londonda otkazilgan yilning eng yaxshi banklarini taqdirlash marosimida «ASIA ALLIANCE BANK» O'zbekistonning 2016 yildagi eng yaxshi banki deb e’tirof etildi
- "ASIA ALLIANCE BANK" ATB Thomson Reuters kompaniyasining «FX TRADING» yangi avlod savdo platformasi va «EIKON» axborot – tahlil platformasining foydalanuvchisiga aylandi.
- «ASIA ALLIANCE BANK» ATB jahonning nufuzli moliya sohasidagi «Euromoney» jurnali tomonidan O’zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi va “Eng yaxshi yutuqlari uchun” sovrini bilan taqdirlandi (Awards for Excellence 2016).
- Buxoro filiali ochildi.
- “ASIA ALLIANCE BANK” xalqaro moliyaviy jurnal - Global Finance tomonidan “Osiyo va Tinch okeani mintaqasining rivojlanayotgan bozorlaridagi 2016 yilning eng yaxshi banklari” ichida O‘zbekistondagi eng yaxshi bank deb topildi.
- “Global Finance” xalqaro moliyaviy jurnali “ASIA ALLIANCE BANK”ni savdoni moliyalashtirish sohasi bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yaxshi bank deb e’tirof etdi.
2015 yilda
- Qarshi shaxrida “Orzu” Mini banki ochildi.
- “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Commerzbank AG bankning savdoni moliyalashtirish sohasidagi samarali hamkorligi uchun mukofotga sazovor bo‘ldi.
- “Oltintepa” mini-banki ochildi.
- “Minor” mini-banki ochildi.
- “ASIA ALLIANCE BANK” xalqaro moliyaviy jurnal - Global Finance tomonidan “Osiyo va Tinch okeani mintaqasining rivojlanayotgan bozorlaridagi 2015 yilning eng yaxshi banklari”ichida O‘zbekistondagi eng yaxshi bank deb topildi.
2014 yilda
- “Ahbor-Reyting” reyting agentligi Bankning kredit reytingini “uzA+” ga ko‘tardi va reyting prognozini “Barqaror” deb tasdiqladi.
- “ASIA ALLIANCE BANK” ATB va Germaniyaning Landesbank Baden-Württemberg banki o‘rtasida kredit shartnomasi imzolandi.
- Mirobod filiali ochildi.
- Ochiq Aktsiyadorlik Tijorat Bank “ASIA ALLIANCE BANK” nomi Aktsiyadorlik Tijorat Bank “ASIA ALLIANCE BANK” nomiga o‘zgartirildi.
- “ASIA ALLIANCE BANK” OATB va Germaniyaning Landesbank Berlin AG banki o‘rtasida kreditshartnomasi imzolandi.
- “ASIA ALLIANCE BANK” xalqaro moliyaviy jurnal - Global Finance tomonidan “Osiyo va Tinch okeani mintaqasining rivojlanayotgan bozorlaridagi 2014 yilning eng yaxshi banklari” ichida O‘zbekistondagi eng yaxshi bank deb topildi.
- «ASIA ALLIANCE BANK» China UnionPay Classic xalqaro plastik kartalarini chiqara boshladi.
2013 yilda
- Bank tomonidan « Agricultural Bank of China Limited » (Pekin, Xitoy) bilan vakillik munosabatlari o‘rnatildi.
- Bank tomonidan «Kookmin Bank» (Koreya) bilan vakillik munosabatlari o‘rnatildi.
- Bank tomonidan «Bank of China» (Xitoy) bilan vakillik munosabatlari o‘rnatildi.
- "LIDER" pul o‘tkazmalari tizimi ishga tushirildi.
- "Chuqursoy" mini-banki ochildi.
- "Caspian Money Transfer" pul o‘tkazmalari tizimi ishga tushirildi.
- Mirzo-Ulug‘bek filiali ochildi.
- Bank tomonidan Development Bank of Singapore (DBS,Singapur) bilan vakillik munosabatlari o‘rnatildi.
- Olmazor filiali ochildi.
2012 yilda
- Bank tomonidan Landesbank Baden-Wurttemberg (LBBW, Germaniya) bilan vakillik munosabatlari o‘rnatildi.
- Qarshi filiali ochildi.
- Shayxontoxur filiali ochildi.
- «ASIA ALLIANCE BANK» Visa plastik kartalari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni boshlaydi.
- "Money Gram" pul o‘tkazmalari tizimi ishga tushirildi.
2011 yilda
- Xususiy Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Bank «ASIA ALLIANCE BANK» nomi Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Bank «ASIA ALLIANCE BANK» nomiga o‘zgartirildi.
- Moody’s Investors Service Xalqaro reyting agentligi «ASIA ALLIANCE BANK» XOATBga "barqaror" bashorati bilan mustaqil reytingini berdi.
- Bank tomonidan “Alfa-Bank” OAJ – Rossiyaning eng yirik banklaridan biri bilan vakillik munosabatlari o‘rnatildi.
- Bank yangi Internet-banking -"IB2" tizimini Intelektual mulk agentligida ro‘yxatdan o‘tkazdi.
- “Ahbor-Reyting” reyting agentligi Bankga kredit reytingini milliy shkaladagi “uzB+” darajadan “Barqaror” bashoratli “uzB++” darajagacha oshirdi.
- "Dunyo" chakana xizmatlarni ko‘rsatish Markazi ochildi.
- Bank "Visa" xalqaro to‘lov sistemasi a’zoligiga kirdi.
- "Private Money" pul o‘tkazmalari tizimi ishga tushirildi.
2010 yilda
- “Chor-su” chakana xizmatlarni ko‘rsatish Markazi ochildi.
- "ZOLOTAYA KORONA" pul o‘tkazmalari tizimi ishga tushirildi.
- "Anelik" pul o‘tkazmalari tizimi ishga tushirildi.
- “Asia-Invest bank” OATB (Rossiya, Moskva), “PROMSVYAZBANK” OATB (Rossiya, Moskva) va Commerzbank AG (Germaniya, Frankfurt) bilan vakillik munosabatlari o‘rnatildi.
- «ASIA ALLIANCE BANK» XOATB to‘g‘risidagi ma’lumotlar Bankersalmanac. com saytiga joylashtirildi.
- «ASIA ALLIANCE BANK» XOATBning 100128, O‘zbekiston, Toshkent sh., Shayxontoxur ko‘chasi, 36-uy manzilida joylashgan “LABZAK” chakana xizmatlarni ko‘rsatish Markazi ochildi.
- Western Union va Asia-Express pul o‘tkazmalari ishga tushirildi.
- Xalqaro moliyaviy hujjatlar almashinuvi uchun S.W.I.F.T. tizimi ulandi (S.W.I.F.T: ASACUZ22).
- "Axborot texnologiyalaridan faol foydalanganligi uchun" nominatsiyasi bo‘yicha mukofot olindi.
- Bank texnologiyalari, jihozlari bo‘yicha yillik “BANKEXPO 2010” Milliy ko‘rgazmasida Bank ishtirok etdi.
- Mijozlar uchun yangi ishlab chiqilgan “Alyans IVR” xizmati BETA- foydalanishga taqdim etildi.
- Xorijiy valyuta bilan operatsiyalar o‘tkazishga Bosh litsenziya olindi.
- "UzCard" tizimi ulandi.
- "Online Bank" tizimi ishga tushirildi.
2009 yilda
- Yangi "Alyans E-Mail " bank xizmati ishga tushirildi.
- Fuqarolar Omonatlarini Kafolatlash Jamg‘armasi bilan kelishuv imzolandi.
- Bank O‘zbekiston banklar uyushmasining a’zosi bo‘ldi.
- Bank operatsiyalarini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 79-sonli litsenziyasi olindi.
Moliyaviy hisobot 2022-yil 31-dekabr holatiga Bankning jami aktivlari 6 112 milliard so‘mni tashkil qildi.
Bankning umumiy kapitali 571 milliard so‘mni tashkil etdi.
Bank hamkorlari
To‘g‘ri talangan strategiya, izchil moliyaviy siyosat, biznesni madaniyatli yuritish qadriyatlariga sodiqlik tufayli Bank kuchli va ishonchli hamkor degan nomga sazovor bo‘ldi.
Bank Boshqaruvi
Bo'sh ish o'rinlari
O’ziga xos korporativ madaniyat tufayli biz bir jamoaga aylanamiz, bir-birimizni yaxshi tushunamiz va samarali hamkorlik qilamiz.
Yangiliklar va voqealar