Mikroqarz – har qanday maqsad uchun kerakli mablag’ni olishning tez va qulay usuli. Ushbu zamonaviy vosita nimanidir ta’mirlash, o’qishga to’lash, davolanish, hisob-kitob qilish, yo’llanma, mebel, texnikani xarid qilish yoki qarzni shoshilinch qaytarish zarurati bilan bog’liq ko’zda tutilmagan xarajatlar uchun darxol pul mablag’lari kerak bo’lgan odamlarga murakkab moliyaviy vaziyatdan chiqish imkonini beradi.
Mikroqarz «Polis» krediti olinadigan mikroqarz bo’yicha har oylik to`lovni to’lash uchun yetarli bo’lgan doimiy daromadga ega jismoniy shaxslarga bank talablariga muvofiq keladigan likvidli mol-mulk garovi yoki sug’urta tashkilotining sug’urta polisi ta’minoti bilan beriladi.
Umumiy shartlar
25 000 000.0 (yigirma besh million) so’mdan 100 000 000.0 (yuz million) so’mgacha bo’lgan miqdorda ajratiladigan mikroqarzlar uchun – mikroqarz miqdorining 125% dan kam bo’lmagan miqdorda, bank talablariga muvofiq keladigan kredit qaytmaslik xavfini sug’urtalash bo’yicha sug’urta polisi yoki likvidli mol-mulk garovi.
Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining o’rtacha oylik sof daromadining 50% mikroqarz bo’yicha eng yuqori oylik to’lov hamda mavjud kreditlar/qarzlar bo’yicha o’rtacha oylik to’lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo’lishi lozim;
Bunda Birgalikda qarz oluvchi mavjud holatda, Qarz oluvchining o’rtacha oylik sof daromadining 50% kredit uchun eng ko’p oylik to’lovning kamida 50% to’lash uchun yetarli bo’lishi lozim;
Kafilning daromadi yuqoridagi talabga muvofiq alohida baholanadi;
Ushbu mikroqarz krediti o’zini o’zi band qilgan jismoniy shaxslarga ajratilmaydi.
Kredit qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;
Mustaqil baholovchi tashkilotning garov mulkini baholash to’g’risidagi hisoboti (garov mulki talab etilgan hollarda);
Bankning mas’ul xodimlari tomonidan tuzilgan garovga olinadigan mol-mulkning dastlabki monitoring dalolatnomasi mol-mulkning foto sur’atlari bilan (garov mulki talab etilgan hollarda).
30+ 10 tagacha yo’l qo’yiladi;
60+ 5 tagacha yo’l qo’yiladi;
90+ 2 tagacha yo’l qo’yiladi. MIB joriy qarzdorligi bo’lmasligi.
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.
Alliance mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.
Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.
Hech qayerga borishingiz shart emas! Alliance Pay ilovasi dunyoning istalgan nuqtasida kreditni so’ndirish imkonini beradi, asosiysi Internet bor bo’lsa bo’ldi! To'lov jarayoni juda sodda.
