Avtokredit «UzAuto-50» – «UzAuto Motors» AJ bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan maxsus taklif doirasida Onix, Tracker, Captiva, Malibu, Traverse modellaridagi yangi yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun.
Maxsus taklif doirasida Onix va Tracker avtomobillari uchun standart narxlarda amal qiladi. Ushbu modellarga chegirmalar taqdim etilmaydi.
Kredit Avtotransport vositasini yetkazib berish shartnomasida belgilangan, kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositasi narxining 85% miqdorigacha beriladi.
Qarz oluvchilar kredit muddatiga qarab quyida taqdim qilinayotgan shartlardan biriga asoslangan holda o’ziga qulay foizni tanlashlari mumkin:
Boshlang’ich badal miqdori (Avtotransport vositasini yetkazib berish shartnomasida belgilangan narxga nisbatan) |
Kredit muddati | Foiz stavkasi |
15 % dan boshlab** | 48 oy muddatga | Yillik 21,99 % |
25 % dan boshlab | 48 oy muddatga | Yillik 21,29 % |
35 % dan boshlab | 48 oy muddatga | Yillik 20,49 % |
40 % dan boshlab | 48 oy muddatga | Yillik 19,89 % |
50 % dan boshlab | 24 oy muddatga | Yillik 5,89 % |
36 oy muddatga | Yillik 13,89 % |
*Mazkur kredit shartlari Onix, Tracker avtomobillari uchun chegirmasiz narxlarda va modifikatsiyalarda amal qiladi.
**O’zini o’zi band qilgan shaxslar uchun boshlang’ich badal miqdori:
Avtotransport vositasini yetkazib berish shartnomasida belgilangan, kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositasi narxining 25% dan kam bo’lmagan miqdorda.
Qarz oluvchi va Birgalikda qarz oluchining jami o’rtacha sof daromadining 60% kredit bo’yicha eng yuqori oylik to’lov hamda mavjud kreditlar/qarzlar bo’yicha o’rtacha oylik to’lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo’lishi lozim.
Maxsus taklifda Onix, Tracker avtomobillarining faqat chegirmasiz narxlari va modifikatsiyalari ishtirok etadi.
Bank tomonidan kredit bo’yicha ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
·Ushbu sotib olinadigan avtotransport vositasi ta’minot sifatida avtotransport qiymatining 70% dan ko’p bo’lmagan qiymatda qabul qilinadi;
·Kredit bo’yicha majburiyatlarni vaqtincha ta’minlash (asosiy ta’minot garov shartnomasini notarial yoki bank tomonidan mustaqil ravishda rasmiylashtirilguniga qadar) – sug’urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik xavfini sug’urta qilish polisi;
·Qo’shimcha ta’minot - sug’urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik xavfini sug’urta qilish polisi (kredit ta’minoti qiymatining yetmagan qismiga).
Kredit olish uchun Bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
3. Kredit qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;
4. Mijozning turmush o’rtog’i mavjud hollarda turmush o’rtogining kredit hisobiga sotib olinadigan avtotransport vositasining garovga taqdim etilishiga rozilik arizasi, turmush o’rtog’i mavjud bo’lmagan hollarda mijoz tomonidan kredit ajratish uchun ariza berilgan kunga nikoh mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat;
5. O’zini-o’zi band qilganlik to’g’risidagi guvohnoma.*
*kredit o’zini-o’zi band qilgan shaxslarga ajratilganda.
Qarz oluvchining o’rtacha oylik daromadlari to’g’risidagi ma’lumotlar bank tomonidan maxsus tarmoqlar orqali elektron shaklda mustaqil ravishda olinadi. Bunda daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlar kamida oxirgi 6 (olti) oy uchun hisoblandi. Agar Qarz oluvchining o’rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati bo’lmagan taqdirda, o’rtacha oylik daromadlarini va boshqa daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlar Qarz oluvchidan talab qilinishi mumkin.
Umumiy shartlar
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.
Alliance mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.
Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.