Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 0
  • Yangilash: 29 June 2026, 14:55

Boltayev Ixtiyor

G‘aznachilik Boshqarmasi Boshlig‘i

1975 yilda tug‘ilgan. 

1996 yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1996 yili O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish Departamenti mutaxassisi sifatida boshlagan.  

1997 yildan 1998 yilgacha Markaziy banki Bosh boshqarmasining Toshkent shahri bo‘yicha Tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 

1998 yilning iyulidan 2004 yilning avgustigacha o’z mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki tizimida davom ettirgan. Shu jumladan, Ichki audit Bosh boshqarmasida boshqarma boshlig’i, Bosh nazorat taftish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Ichki audit Bosh boshqarmasi o‘rinbosari, Bosh amaliyot bo‘linmasida boshqaruvchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.  

2004 yilning avgustidan 2008 yilning mayigacha “Trastbank” Xususiy ochiq aksiyadorlik-birja banki Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i , O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qoshidagi Bank moliya tizimi rivojlanishini prognoz qilish va erkinlashtirish Institutida Bosh ilmiy xodim, O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi qoshidagi «Ahbor-Reyting» MRKda Bosh direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 

2008 yil mayidan 2009 yilning sentyabrigacha “Trastbank” Xususiy ochiq aksiyadorlik-birja bankida ichki audit Boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 

2009-yil sentyabr oyidan (Bank ochilgan paytdan boshlab) hozirgi kunga qadar “Asia Alliance Bank” aksiyadorlik tijorat bankida turli lavozimlarda ishlab kelgan, xususan, 2009-2018-yillarda G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i, 2018-2019-yillarda - Chakana kreditlash boshqarmasi boshlig‘i, 2019-2022 yillarda - Loyiha ofisi rahbari, 2022-yil oktyabr oyidan G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Quyidagilarni ta’minlaydi:

Boshqarma faoliyatini tashkil qilish va o’zaro muvofiqlashtirish sohasida:

-Bank aktivlari va passivlarini samarali boshqarish, shuningdek Bank balansi likvidligini boshqarish;

-Bank faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish va strategik biznes-rejalashtirish; 

-Bankning emission va investitsion faoliyati.

- Boshqarma vakolatlari doirasida boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X