- Telefon: (+998 71) 231-60-00
- Elektron pochta: info@aab.uz
- Qabul kunlari: DU - JU 9:00 – 11:00
1980-yilda tugʻilgan.
2001-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetini “Xalqaro iqtisodiyot” mutaxassisligi boʻyicha bakalavrni tamomlagan.
2004-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetini “Xalqaro iqtisodiyotiy munosabatlar” ixtisosligi boʻyicha magistraturani tamomlagan.
Bank tizimidagi mehnat faoliyatini 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki S.Raximov filiali Mijozlarga xizmat koʻrsatish boʻlimi 2-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlab mazkur boʻlim boshligʻi lavozimigacha koʻtarilgan.
2008-yildan 2013-yilgacha “Kredit-Standart” OATB tizimida, Valyuta amaliyotlari boʻlimi boshligʻi, Konvertatsiya va eksport-import boʻlimi boshligʻi, Toshkent shahar filiali boshqaruvchi o‘rinbosari, Pul muomalasi va chakana amaliyotlari departamenti direktori o‘rinbosari hamda Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2013-yildan hozirgi kunga qadar «ASIA ALLIANCE BANK» ATB tizimida turli rahbarlik lavozimlarda ishlab kelgan, xususan, Kreditlash va korporativ mijozlarga xizmat ko’rsatish boshqarmasi Jismoniy shaxslarni kreditlash bo‘limi boshlig‘i, Mirzo Ulug‘bek filiali boshqaruvchi o‘rinbosari - Front-ofis boshlig‘i, Mirzo Ulug‘bek filiali boshqaruvchisi.
2024-yil may oyidan “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Boshqaruv Raisi lavozimiga tasdiqlandi.
Ustavga muvofiq bank faoliyatiga umumiy rahbarlikni ta’minlaydi, shuningdek, bevosita quyidagi bo‘linmalar faoliyati boshqaruvini amalga oshiradi va nazorat qiladi:
· Yuridik boshqarma;
· G`aznachilik boshqarmasi;
· Xususiy bank xizmatlarini ko’rsatish boshqarmasi
(Private Banking);
· Axborot xavfsizligi boshqarmasi;
· Tashkiliy nazorat boshqarmasi;
· Marketing boshqarmasi.
- Telefon: (+998 71) 231-60-00
- Elektron pochta: info@aab.uz
- Qabul kunlari: DU - JU 9:00 – 11:00