“ASIA ALLIANCE BANK” ATB aksiyadorlarning
yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida
xabarnoma
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB bank aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabar beradi. Yigʻilish 2024-yil 28-iyun soat 10:00 da “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli koʻchasi, 2a manzil boʻyicha joylashgan binosida oʻtkaziladi, bankning elektron pochta manzili: info@aab.uz. Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlarni roʻyxatdan oʻtkazish soat 09:00 dan 09:30 gacha amalga oshiriladi.
Kun tartibi:
1) Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishni oʻtkazish reglamentini tasdiqlash;
2) Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
3) Bank Kuzatuv kengash Raisining 2023-yil yakuni boʻyicha bank faoliyati natijalari va bank rivojlanish strategiyasiga erishish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobotni eshitish;
4) Bank Boshqaruv Raisining Bank rivojlanish strategiyasiga erishish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, Bank biznes-rejasini amalga oshirish boʻyicha 2023-yilda Bank Boshqaruvi faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobotni eshitish;
5) 2023-yil uchun Bankning yillik hisobotni tasdiqlash;
6) Bank sof foydasini taqsimlash;
7) Bankning amaldagi Kuzatuv kengashi vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;
8) Bank Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash;
9) Affilangan shaxslar bilan bitimlarni ma’qullash;
10) Majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp haq miqdorini oʻrnatish;
11) Bank aktivlarini hisobdan chiqarish masalasini koʻrib chiqish.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega bank aksiyadorlari reestri 2024-yil 24-iyun operatsion kun yakuniga tuziladi.
Eslatib oʻtamiz, aksiyadorlar aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishining materiallari bilan bankda (bank manzili: 100047, Toshkent shahar, Maxtumquli koʻchasi, 2a. Tel.: 71-231-60-00) tanishib chiqish huquqiga egalar.
Roʻyxatdan oʻtish va aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishida ishtirok qilish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport)ga, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) vakolatnomaga ega bo’lishlari kerak.
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB
Kuzatuv kengashi